SSV: Ertadan 2024/2025 o‘quv yili uchun klinik ordinaturaga qabul imtihonlari boshlanmoqda

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 2
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 23-08-2024, 10:26
Joriy yilning 24-26 avgust kunlari yurtimiz ixtisoslashtirilgan tibbiyot muassasalari, oliy tibbiy ta’lim o‘quv yurtlari va klinik ordinatorlarni o‘qitish vakolati berilgan xususiy klinikalari uchun klinik ordinaturaga qabul imtihonlari bo‘lib o‘tadi.

Imtihonlar quyidagi manzillarda o‘tkaziladi:

Qoraqalpog‘iston Respublikasi uchun: Tibbiyot va farmasevtika xodimlarining malakasini baholash markazi Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy bo‘limi binosi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Nukus shahri, Amir Temur ko‘chasi, 185-uy (oldingi M. Gorkiy ko‘chasi).

Andijon, Farg‘ona va Namangan viloyatlari uchun: Andijon davlat tibbiyot institutining asosiy binosi. Andijon shahri, YU.Otabekov ko‘chasi, 1-uy.

Buxoro va Navoiy viloyatlari uchun: Buxoro davlat tibbiyot institutining yangi binosi. Buxoro shahri, G‘ijduvon ko‘chasi, 10-uy.

Xorazm viloyati uchun: Tibbiyot va farmasevtika xodimlarining malakasini baholash markazi Xorazm viloyati hududiy bo‘limi binosi. Urganch shahri, Hamza ko‘chasi, 11-B-uy.
Samarqand, Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlari uchun: Samarqand davlat tibbiyot universiteti, yangi binosi ma’ruza zallari. Samarqand shahri, Amir Temur ko‘chasi, 18-uy.
Toshkent shahri, Toshkent, Sirdaryo va Jizzax viloyatlari uchun: Tibbiyot va farmasevtika xodimlarining malakasini baholash markazi binosi: Toshkent shahri, Yashnobod tumani, Sultonali Mashhadiy ko‘chasi, 197-uy.
DIQQAT! Eslatma! Test sinovlariga kirish 24-26 avgust kunlari soat 7:00da boshlanib, talabgorlardan tmbm.ssv.uz saytidan yuklab olingan ruxsatnoma va o‘z shaxsini tasdiqlovchi hujjatning asli bilan imtihon manzillariga imtihon boshlanishidan kamida 1 soat oldin yetib kelishlari so‘raladi.
Kirish imtihonlariga hujjat topshirmagan, imtihonga kechikkan yoki kelmagan talabgorlar uchun qo‘shimcha tanlov o‘tkazishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati