Sirdaryoda kuchli shamol ko‘p qavatli uy tomini uchirib yubordi
- Жанр: Yangiliklar
- Смотрели: 16
- Формат: mp4
- Дата релиза: 28-03-2024, 14:08
Qayd etilishicha, kuzatilgan kuchli shamol ta’sirida Oqoltin tumani “Yangi davr” mahallasi Yoshlar ko‘chasidagi 19-ko‘p qavatli uyning profnastil bilan qoplangan 10 kvadrat metr tom qismiga zarar yetgan.
Ushbu holat bo‘yicha voqea joyiga tuman hokimi, sektor rahbarlari va tuman favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari zudlik bilan voqea joyiga yetib borgan. Sodir bo‘lgan holat oqibatida insonlarning tan jarohati olishi yoki boshqa noxush holatlar kuzatilmagan.