Rossiya TIV Armaniston-AQSH-Evropa Ittifoqi uchrashuvidan xavotirda
- Жанр: Yangiliklar
- Смотрели: 16
- Формат: mp4
- Дата релиза: 28-03-2024, 14:04
Bu haqda Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova Telegram-kanalida yozgan.
“Bunday uchrashuvlar mintaqaning aksariyat davlatlarida xavotir uyg‘otmoqda. Chunki ular Ozarbayjon va Armaniston o‘rtasida tinchlikka erishish emas, balki G‘arbning o‘zining o‘ta buzg‘unchi yondashuvlari bilan Janubiy Kavkazga kirib kelishini maqsad qilgan. Qolaversa, bunday uchrashuvlar mintaqada yangi bo‘linish chegaralarini yaratish, mintaqa davlatlarini Rossiyaga qarshi kun tartibiga rioya qilishga majburlash, ularning Moskva bilan ko‘p asrlik munosabatlarini buzish, mintaqaviy xavfsizlik va iqtisodiy hamkorlikning mavjud mexanizmlarini zaiflashtirishga qaratilgan. .
M.Zaxarova butun dunyo nazarida Armaniston asta-sekin kollektiv G‘arbning arman xalqining tub manfaatlariga mutlaqo zid bo‘lgan o‘ta xavfli rejalarini amalga oshirish vositasiga aylanib borayotganini ta’kidladi.