Avtomashina ustida qo‘shiq kuylagan fuqaro jarimaga tortildi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 16
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 28-03-2024, 14:02
Harakatlanib ketayotgan avtomashina ustida qo‘shiq kuylagan «xonanda» jarimaga tortildi. Bu haqda «Renessans» telekanali xabar berdi. Bu haqdagi video Yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining Telegram-kanalida e’lon qilindi.

Ma’lum bo‘lishicha, voqea Qoraqalpog‘iston respublikasi Beruniy tumanida davlat ahamiyatiga molik bo‘lmagan ichki yo‘llarning birida 1996 yilda tug‘ilgan fuqaro tomonidan sodir etilganligi aniqlandi.

Holat yuzasidan Yo‘l harakati xavfsizligi xodimlari tomonidan fuqaro bilan profilaktik maslahatlar o‘tkazdi va jarimaga tortildi. Shuningdek, avtomashina ham tegishli tartibda jarima maydonchasiga qo‘yildi.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati