Gvardiola Barselona futbolchisini 100 million yevroga sotib olishni talab qilmoqda

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 13
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 28-03-2024, 14:00
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola jamoasiga yangi yarim himoyachi topdi.

Todofichajes nashrining xabariga ko‘ra, ispaniyalik mutaxassis Ispaniya terma jamoasi va "Barselona" yarim himoyachisi Pedrini "shaharliklar" safida ko‘rmoqchi.

Gvardiola bir necha haftadan beri klub rahbariyatiga bosim o‘tkazib, 21 yoshli futbolchining transferi bo‘yicha muzokara olib bormoqda. Potensial transfer summasi 100 million yevroga baholanmoqda.

Ispaniya chempionatining joriy mavsumida Pedri 16 ta o‘yinda maydonga tushdi. Yarim himoyachida ikkita gol va ikkita golli uzatma bor.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati