• Главная
  • »
  • Yangiliklar
  • »
  • S7 Airlines aviakompaniyasi Farg‘onadan Novosibirskka to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘ymoqda

S7 Airlines aviakompaniyasi Farg‘onadan Novosibirskka to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘ymoqda

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 6
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 23-08-2024, 03:04

Rossiyaning "S7 Airlines" aviakompaniyasi Farg‘onadan Novosibirskka muntazam yo‘lovchi qatnovlarini yo‘lga qo‘yadi. Birinchi parvoz 2024 yil 19 sentyabrga belgilangan.

Novosibirsk — Farg‘ona — Novosibirsk yo‘nalishi bo‘yicha havo qatnovi Airbus A320 rusumli samolyotlarda haftasiga bir marta — dushanba kunlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Bugungi kunda aviatashuvchi Toshkent, Samarqand va Urganch xalqaro aeroportlariga parvozlarni muvaffaqiyatli amalga oshirmoqda.

"S7 Airlines"ning shtab-kvartirasi Rossiya Federasiyasining Novosibirsk shahrida joylashgan. Kompaniya 26 mamlakatning 180 dan ortiq shaharlarini parvozlar orqali qamrab olgan Rossiyaning eng yirik xususiy aviatashuvchisi hisoblanadi.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati