Barselonani boshqarishi mumkin bo‘lgan to‘rt nafar murabbiy nomi ro‘yxatdan o‘chirildi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 19
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 28-03-2024, 13:48
Kataloniyaning "Barselona" klubi yangi bosh murabbiylikka nomzodlar ro‘yxatidan to‘rt nafar nomzodni olib tashladi.

Jurnalist Fernando Poloning ma’lumotlariga ko‘ra, yozda "ko‘k-anorranglilar"ni Roberto de Dzerbi, Tomas Tuxel, Yulian Nagelsmann va Mikel Arteta boshqarmaydi.

Avvalroq, "Barselona" Xavini yana bir mavsum murabbiy sifatida qolishiga ko‘ndirishga urinishi mumkinligi haqida xabar berilgandi. Shu bilan birga, ispaniyalik mutaxassis yanvar oyidayoq yozgi faoliyatini yakunlashini e’lon qilgandi.

Rafael Markes, Xans-Diter Flik va hozirda "PSJ"ni boshqarayotgan Luis Enrike "Barselona" bosh murabbiyligiga nomzod bo‘lib qolmoqda. Aynan parijliklar bilan "Barselona" tez orada Chempionlar ligasining chorak finalida o‘ynaydi.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati