O‘zAda sun’iy intellekt yordamida yaratilgan muxbir ish boshladi
- Жанр: Yangiliklar
- Смотрели: 5
- Формат: mp4
- Дата релиза: 22-08-2024, 21:46
Robot-muxbirga Sobira Xoldorova nomi berildi. U O‘zbekiston yangiliklarini dunyo hamjamiyatiga to‘qqiz tilda – o‘zbek, ingliz, rus, fransuz, arab, xitoy, nemis, ispan va qozoq tillarida yetkazib beradi.
Soxta videolardan himoyalanish maqsadida har bir videoda maxsus QR-kod mavjud. Agar uni faollashtirsangiz, O‘zA rasmiy saytidagi videoga havola chiqadi va shu orqali video haqiqiyligini aniqlay olasiz
Ma’lumot uchun: Sobira Xoldorova – Markaziy Osiyo va O‘zbekistondagi birinchi professional ayol jurnalist. Sun’iy intellektga uning nomini qo‘yish orqali qatag‘on qurboni bo‘lgan jadid vatandoshimizning yorqin xotirasini tiklash maqsad qilingan.