Bir kunda Hizbulloh Isroilga 180 ta raketa uchirdi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 5
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 22-08-2024, 19:58
Isroil G‘azo sektorida bosqinchilik va qirg‘inbarot urushini boshlaganiga 321 kun bo‘ldi. 24 soat davomida G‘azo sektori, Iordan daryosining G‘arbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir bo‘lgan asosiy voqealar.

▪️Bosqinchilar Dayr al-Balah, Nuseyrat va Jabaliya lagerlariga, Xon Yunis va Bayt Lahiyaga hujum qildi. 24 soat ichida 43 kishi shahid bo‘ldi, ularning aksariyati bolalar.

▪️G‘arbiy Sohilda ishg‘olchilar Nablus, Xalil, Tulkarm va Qalkilyoga bostirib kirdi. Tulkarmda qarshilik jangchilari bosqinchilarning mashinasini portlatib yuborishdi.

▪️Al-Qassam brigadalari Xon-Yunisdagi ishg‘olchilar, Tel al-Hava hududidagi texnikalar bo‘lgan tunnelni portlatib yubordi.

▪️Bir kunda Hizbulloh Isroilga 180 ta raketa uchirdi.

▪️Yaman qirg‘oqlarida Gresiya neft tankeri hujumga uchradi. Kema yonmoqda.
▪️Bosqinchilar Livanning 10 ta hududiga hujum qildi.
▪️Amerikaning USS Abraam Lincoln samolyot tashuvchi kemasi Yaqin Sharqqa keldi. Avianoses F35C F/A-18 Block III samolyotlari bilan ta’minlangan.
▪️Bosqinchilar G‘azodagi qo‘shinlarini shimolga o‘tkazmoqda.
▪️Nasistlar odamlarni Dayr al-Balah va Xon Yunis hududlaridan ko‘chirish uchun yangi buyruq chiqardi. Ammo boshqa boradigan joy yo‘q. Bosqinchilar barcha hududlarni bombardimon qilmoqda.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati