Andijon viloyatining Baliqchi tumani hokimi o‘rinbosari qamoqqa olindi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 4
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 22-08-2024, 17:52
DXX tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Baliqchi tumani hokimligi zahirasida bo‘lgan 3,75 gektar yer maydonining 1,75 gektarini “E-auksion” orqali arzon narxda olib berish, qolgan 2 gektarini esa 2019 yildagi sana bilan tuman hokimining qarorini tayyorlab, xaridor nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 30 ming AQSh dollari olgan vaqtlarida tuman Uy-joy kommunal xo‘jaligi bo‘limi bosh mutaxassisi va tibbiy xizmat ko‘rsatishga ixtisoslashgan MCHJ xodimi ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Shuningdek, tergovga qadar tekshiruv davomida, ular ushbu masalani tuman hokimining o‘rinbosari orqali hal etishlari aniqlanib, tezkor tadbir davom ettirildi va mazkur mansabdor shaxs 30 ming AQSh dollarini olgan vaqtida ushlandi.

Hozirda ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tuman hokimi o‘rinbosari va Uy-joy kommunal xo‘jaligi bo‘limi bosh mutaxassisiga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati