Mali, Niger va Burkina-Faso xuntalari BMTga Ukraina yuzasidan shikoyat qilmoqda

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 5
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 22-08-2024, 17:50
Burkina-Faso, Mali va Niger harbiy xuntalari Ukrainani G‘arbiy Afrikaning Sahel mintaqasidagi guruhlarni qo‘llab-quvvatlayotganlikda ayblab, BMT Xavfsizlik Kengashiga maktub yo‘lladi.

Saylanmagan uch harbiy hukumat ham Rossiya tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi va so‘nggi yillarda hokimiyatni qo‘lga kiritganidan so‘ng G‘arb va Afrikadagi mintaqaviy sheriklar bilan o‘tmishdagi aloqalarini uzib kelmoqda.

Mali shu oy boshida Ukraina bilan diplomatik aloqalarni uzgan edi.

Bu Ukraina harbiy razvedkasi vakilining izohlaridan keyin sodir bo‘ldi. U iyul oyida Mali askarlari va rossiyalik Vagner yollanma askarlari o‘ldirilgan hujumdan so‘ng, reyd oldidan malilik isyonchilarga foydali ma’lumotlar berilganini nazarda tutgan edi.

BMT Xavfsizlik Kengashiga yo‘llangan maktubda a’zolar Ukraina harakatlari uchun «mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga» va mintaqaviy xavfsizlikka tahdid soluvchi «qo‘poruvchilik harakatlari»ning oldini olishga chaqiriladi.

Ukraina G‘arbiy Afrika harbiy hukumatlarining tanqidlarini bir necha bor asossiz va haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan deb atadi.


Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati