Dunyodagi eng qimmat kartina qayerda saqlanayotganini bilasizmi?

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 5
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 22-08-2024, 17:48
Dunyoning eng qimmat rasmi Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon tomonidan sotib olingani aytilgan, biroq u buni hech qachon rasman tasdiqlamagan.

Muallifi Leonardo da Vinchi bo‘lgan dunyodagi eng qimmat kartina bir necha yillardan beri Shveysariyadagi bojxona omborida saqlanmoqda.

Bild ta’kidlaganidek, 2017 yilda Christie`s auksion uyi tomonidan rekord darajadagi 450 million dollarga sotilgan "Salvator Mundi" taqdiri bir necha yil davomida noma’lum edi.

Bu rasmni Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon sotib olgani aytilgan, biroq u buni hech qachon rasman tasdiqlamagan.

Amerikalik professor va Yaqin Sharq bo‘yicha ekspert Bernard Xaykel Saudiya Arabistoni madaniyat vaziridan rasm Jenevadagi bojxona omborida saqlanganini bildi. Saudiya valiahd shahzodasi esa uning uchun Ar-Riyodda muzey qurmoqchi. Ammo hozircha, bojxona, aniqrog‘i, bojxona nazorati ostidagi shaxsiy omborlar buning uchun eng yaxshi joy, chunki u yerda ideal harorat va namlik saqlanadi va binolarning o‘zi ishonchli tarzda qo‘riqlanadi.

Jenevadagi bojxona omborida jami milliondan ortiq san’at asarlari saqlanadi.


Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati