Toshkentda noqonuniy tamaki mahsulotlari savdosi fosh etildi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 7
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 22-08-2024, 17:16
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Ohangaron shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda qonunga xilof ravishda tamaki mahsulotlari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan U.SH. jami 2 500 kg quritilgan tamaki mahsulotini fuqaro S.X.ga 5 000 AQSh dollariga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, Departamentning Mirzo Ulug‘bek tuman bo‘limi va soliq inspeksiyasi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda YATT “M.M.”ga qarashli savdo shoxobchasi sotuvchisi I.Q. xaridorga aksiz markasiz tamaki mahsulotini sotgan vaqtida ushlanib, ushbu savdo shoxobchasidan umumiy bahosi 146 mln so‘mlik jami 6 547 quti tamaki mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati