Bahodir Jalolov va Ivan Dichko jangi yaqinmi?

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 6
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 22-08-2024, 17:14
Super og‘ir vaznda jang qiluvchi qozog‘istonlik Ivan Dichko (14-0, 13 KO) janglariga mas’ul bo‘lgan menejer Ziyo Aliyev “Vesti.kz” muxbiri bilan suhbatda o‘zbekistonlik ikki karra Olimpiada chempioni Bahodir Jalolov (14-0, 14 KO) bilan ehtimoliy jang vaqtini ma’lum qildi.

Bungacha ikki bokschi faqat havaskor boksda to‘qnash kelgan. Ular orasida o‘tkazilgan to‘rtta jangning barchasi qozog‘istonlik bokschi foydasiga hal bo‘lgan.

Avvalroq Ivan Dichko Bahodir Jalolovni nokautga uchratishini aytgan edi.

Amerikalik jurnalist Jek Makkaferi Bahodir Jalolovning imkoniyatlarini yuqori baholadi.

“U professional boksda muvaffaqiyatga erishadimi, buni vaqt ko‘rsatadi. Jalolovning Olimpiadadagi jozibali janglari fonida Dichko bilan jangni tomosha qilish ayniqsa qiziqarli bo‘ladi.

Boshqa tomondan, Jalolov qozog‘istonlik bokschidan reytingda oldinda va Olimpiadadagi g‘alabalaridan so‘ng o‘zbekistonlik bokschida chempionlik uchun Dichkodan ko‘proq imkoniyat paydo bo‘lishi mumkin. Bokschilar klassda yuqorilash uchun jang qilishi mumkin”, dedi ekspert.

Bahodir Jalolovning murabbiyi To‘lqin Qilichev Sports muxbiriga shogirdining qozog‘istonlik Ivan Dichkoga qarshi professional ringdagi bo‘lishi mumkin bo‘lgan ehtimoliy jang haqida fikr bildirdi.
Bir kun avval, 21 avgust kuni qozog‘istonlik bokschi amerikalik Kreyg Lyuisni (15-8-1, 8 KO) ikkinchi raundda nokautga uchratdi.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati