Pokistonda maktab avtobusiga qilingan hujum oqibatida ikki bola halok bo‘ldi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 6
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 22-08-2024, 17:06
Pokistonning Panjob viloyatidagi Attok tumanidagi Deri Kot hududida maktab avtobusiga uyushtirilgan qurolli hujum oqibatida kamida ikki bola halok bo‘ldi, besh nafari yaralandi.

Bu haqda Geo TV telekanali Attok tumani rahbari o‘rinbosari Rao Atif Razaga tayanib xabar berdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, hodisa hujumchilarning maktab avtobusi haydovchisiga nisbatan shaxsiy dushmanligi tufayli sodir bo‘lgan. Haydovchi olgan jarohatlariga qaramay tirik qolgan.

Polisiya va tuman hokimligi jinoyat joyidan qochib ketgan hujumchilarni qidirish bilan band.

Pokiston prezidenti Osif Ali Zardoriy hujumni qoralab, aybdorlarga nisbatan qattiq choralar ko‘rishni buyurdi.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati