Xavi Barselona fondi elchisi etib tayinlanishi mumkin

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 15
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 28-03-2024, 13:32
Xavi bosh murabbiylikdan ketganidan keyin ham "Barselona" tizimida qolishi mumkin.

Agar 44 yoshli mutaxassisning iste’fosi rostdan ham amalga oshsa, "ko‘k-anorranglilar" rahbariyati unga Kataloniya klubi fondi elchisi lavozimini taklif qilmoqchi, deb xabar bermoqda Marca nashri.

Xavi avvalroq joriy mavsum yakunida murabbiylik lavozimini tark etishini ma’lum qilgan edi.

29-turdan keyin “Barselona” La Ligada “Real”dan 8 ochko ortda qolib, 2-o‘rinni egallab turibdi. Kataloniyaliklar Chempionlar ligasining chorak finalida "PSJ" bilan o‘ynaydi.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati