Rossiya yana AQSh saylovlariga aralashyaptimi?

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 4
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 22-08-2024, 13:46
AQSh nashrlari yana Rossiyani prezidentlik saylovoldi tashviqotlariga aralashuvda ayblamoqda. Amerikalik Sayms va Ritter, Rossiya telekanallarida ishlayotgan shaxslar, Rossiyaga qarshi sanksiyalarni aylanib o‘tishda gumon qilinmoqda.

AQShda Adliya vazirligi keng ko‘lamli jinoiy tergovni boshlagan, bu haqida The new York Times yozmoqda. Gazeta manbalarining aytishicha, bu «Kremlning AQShda noyabr oyida bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovlari arafasida ta’sir ko‘rsatish operasiyalariga» javobdir. Rasmiylarning so‘zlariga ko‘ra, Kremlning targ‘ibot apparati Trampning nomzodini qo‘llab-quvvatlaydi va Demokratlar partiyasidan nomzod Kamala Harrisni badnom qilishga qaratilgan yolg‘on xabarlar tarqatish bilan shug‘ullanadigan butun agentliklar faoliyat yuritmoqda.

Avgust oyida FQB agentlari Rossiya davlat ommaviy axborot vositalari bilan bog‘liq bo‘lgan ikki mashhur shaxs – BMTning sobiq qurol inspektori va hozirgi AQSh tashqi siyosatining tanqidchisi Skott Ritter va 2016 yilda Trampning birinchi prezidentlik kampaniyasida maslahatchi bo‘lgan Dmitriy Saymsning uylarida tintuv o‘tkazdi. Tergov Sayms va Ritterning Ukrainaga bosqiniga javoban Rossiyaga qarshi joriy etilgan iqtisodiy sanksiyalarni va chet-el agentlari to‘g‘risidagi qonunni buzishi mumkinligi bilan bog‘liq, deb yozadi The New York Times (NYT) Amerika hukumati manbalariga tayanib.

Russia Today uchun mustaqil muallif sifatida ishlagan Ritter, NYT nashriga bergan intervyusida, Nyu-York shtatining Delmar shahridagi uyida o‘tkazilgan tintuvni siyosiy qarashlarini bildirgani uchun qo‘rqitishga urinish deb atadi. FQB agentlari va shtat polisiyasi uning mobil telefon, kompyuter va xotira disklarni olib qo‘yishgan.

2018 yildan beri Birinchi kanalda haftalik «Katta o‘yin» tok-shousini olib borayotgan Sayms Rossiya davlat ommaviy axborot vositalariga o‘zining birgina hisobidan tashqari barcha bank hisoblari muzlatilganini va agentlar uning sovet avangard san’ati kolleksiyasini olib qo‘yganini aytib arz qilgan.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati