Xizmatni o‘tash muddati 25 yilga uzaytiriladi-mi?

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 4
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 22-08-2024, 12:34
Ijtimoiy tarmoqlarda ichki ishlar organlarida pensiyaga chiqish uchun xizmat muddatini 25 yilga uzaytirish mumkinligi haqida yolg‘on axborot tarqalmoqda.

Ma’lum qilamizki, O‘zbekiston Respublikasining amaldagi «Harbiy xizmatchilarning pensiya ta’minoti to‘g‘risida»gi Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 3413-son qaroriga muvofiq, ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan xodimning xizmat muddati kalendar hisobda 20 yilga yetganidan so‘ng, o‘tagan xizmat muddati uchun pensiya olish huquqiga ega bo‘lishi ko‘rsatib o‘tilgan.

Hozirgi kunda ichki ishlar organlari faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan normativ huquqiy hujjatlarga pensiya olish uchun xizmat muddatini 25 yilga uzaytirish bo‘yicha taklif yoki qo‘shimchalar kiritish ko‘zda tutilmagan.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati