Tim Uolz Xarrisning nomzodini rasman qabul qildi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 4
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 22-08-2024, 12:16

Minnesota gubernatori Tim Uolz AQSh Demokratik partiyasining milliy qurultoyida bo‘lajak saylovlarda vise-prezidentlikka nomzodini qo‘yishga roziligini ma’lum qildi.

«Qo‘shma Shtatlar vise-prezidenti lavozimiga nomzodni qabul qilish men uchun sharafdir», dedi u o‘z nutqi davomida.

O‘z nutqida u Kamala Xarrisga «ishonchi va ushbu ajoyib kampaniyada ishtirok etishga taklif qilgani uchun» va AQSh prezidenti Jo Baydenga «to‘rt yillik rahbarlik» uchun minnatdorchilik bildirdi.

«Kim bo‘lishingizdan qat’i nazar, Kamala Xarris siz xohlagan hayot kechirish erkinligingizni himoya qiladi», dedi Uolz.

Uolz Nebraskadagi «400 kishilik shaharcha»dagi bolaligini esladi va qo‘shnilariga g‘amxo‘rlik qilishni o‘rganganini aytdi.
«Minnesotada biz qo‘shnilarimizni va ularning shaxsiy tanlovlarini hurmat qilamiz», deb qo‘shimcha qildi u.
Uolz 2018 yilda Minnesota gubernatori bo‘lishdan oldin Kongressda 12 yil xizmat qilgan.
Partiya uning O‘rta G‘arbdagi kichik shaharchalik imidji mustaqil va konservativ saylovchilarni jalb qilishi mumkinligiga umid qilmoqda.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati