• Главная
  • »
  • Yangiliklar
  • »
  • Sankt-Peterburgda ishlash uchun borib, qiynalgan o‘zbekistonliklarga moddiy yordam ko‘rsatildi

Sankt-Peterburgda ishlash uchun borib, qiynalgan o‘zbekistonliklarga moddiy yordam ko‘rsatildi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 6
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 22-08-2024, 11:46
Sankt-Peterburgda ishlash uchun borib, qiynalgan o‘zbekistonliklarga moddiy yordam ko‘rsatildi, deb xabar bermoqda Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi axborot xizmati.

Ma’lum qilinishicha, Tashqi mehnat migrasiyasi agentligining Rossiyadagi vakillari Sankt-Peterburgdagi “Armagan”, Chelyabinskdagi “SK Noviy vek”, “EvroDom”, “Energoinjiniring” korxonalari rahbariyati va bu yerda ishlayotgan yurtdoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Mehnat migrasiyasi bilan bog‘liq vaziyat tubdan o‘zgargani, fuqarolarning chet elda ishlashi uchun sharoitlar yaratish, ularning haq-huquqlarini himoya qilish, kafolatli mehnat bozori bilan ta’minlash, qaytib kelgandan keyingi taqdiriga befarq bo‘lmaslik borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi.

Ish beruvchilar bilan O‘zbekiston fuqarolarini vaqtinchalik mehnat faoliyatiga jalb qilish, hamkorlik imkoniyatlari va istiqbollari bo‘yicha muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Natijada yurtdoshlarni mazkur korxonalarda ish bilan ta’minlashga kelishib olindi.

Sankt-Peterburgda ishlash uchun borib, murakkab vaziyatda qolgan fuqarolarga moddiy va huquqiy yordam ko‘rsatildi.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati