Chikagoda hukumat siyosatiga qarshi o‘nlab namoyishchilar hibsga olindi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 3
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 22-08-2024, 10:26
Illinoys shtatining Chikago shahrida polisiya hukumat siyosatiga qarshi namoyishda 55 kishini hibsga oldi.

Bu haqda Associated Press xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, ulardan ba’zilari Isroil konsulligi yaqinida qo‘lga olingan.

Shahar polisiyasi boshlig‘i Larri Snellingning aytishicha, namoyishchilar AQSh Demokratik partiyasi qurultoyi o‘tadigan joydan taxminan uch kilometr uzoqlikda hibsga olingan. Uning ta’kidlashicha, polisiya vaziyatni tinchlantirish uchun hamma narsani qilgan, ammo «vaziyatni tinch yo‘l bilan hal qilishning iloji bo‘lmagan va ular kuch ishlatishga majbur bo‘lgan».

Demokratik partiyaning milliy qurultoyi 19-22 avgust kunlari Chikagoda bo‘lib o‘tadi.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati