Prezident qarori bilan maxsus unvonda xizmat o‘tash muddatlariga o‘zgartirishlar kiritildi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 5
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 22-08-2024, 10:22
Ichki ishlar organlarida xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish kiritilib, maxsus unvonda xizmat o‘tash muddatlarining ayrimlari quyidagicha belgilanadi:

➖“katta leytenant” – 3 yil; ➖“kapitan” – 4 yil; ➖“mayor” – 5 yil; ➖“podpolkovnik” – 6 yil”.

▪️ Davlat bojxona xizmati organlarida xizmatni o‘tash to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish kiritilib, maxsus unvonda xizmat o‘tash muddatlarining ayrimlari quyidagicha belgilanadi:

➖“bojxona xizmati katta leytenanti” – 3 yil; ➖“bojxona xizmati kapitani” – 4 yil; ➖“bojxona xizmati mayori” – 5 yil; ➖“bojxona xizmati podpolkovnigi” – 6 yil”.

▪️Fuqarolarning harbiy xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risidagi nizomga kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra, harbiy xizmatchilar uchun harbiy unvonlardagi xizmat muddatlarining ayrimlari quyidagicha belgilanadi:

➖“katta leytenant” harbiy unvonida – 3 yil; ➖“kapitan” harbiy unvonida – 4 yil; ➖“mayor” harbiy unvonida – 5 yil; ➖“podpolkovnik” harbiy unvonida – 6 yil”.
▪️ Milliy gvardiya xodimlarining xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish kiritilib, maxsus unvonda xizmat o‘tash muddatlarining ayrimlari quyidagicha belgilanadi:
➖“katta leytenant” – 3 yil; ➖“kapitan” – 4 yil; ➖“mayor” – 5 yil; ➖“podpolkovnik” – 6 yil”.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati