Xitoy 10 dan ortiq yadro reaktori qurishni rejalashtirgan

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 4
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 22-08-2024, 09:18
“Bloomberg” nashri yozishicha, Xitoy Xalq Respublikasi mamlakatning besh hududida, 11 joyda yangi yadro reaktori qurishga qaror qilgan.

Milliy matbuot xabarida Vazirlar Mahkamasi vazifasini bajaruvchi idora – Davlat kengashi yadro reaktorlarini barpo etish uchun shimolda Shandong, sharqda Szyansu va Sisyan, janubda Guandun muzofotlari, shuningdek Guansi-Xuan avtonom rayonini tanlagan.

Mazkur tashabbus jami 220 milliard yuan – 30,85 milliard dollarga baholanmoqda. Xitoy 2022-2023 yillarda 10 ta yangi reaktor qurilishini ma’qullagan edi. Ayni payt 55 ta shunday qurilmaga ega, 2030 yilga borib atom energetikasi quvvati bo‘yicha jahon yetakchisiga aylanishni maqsad qilgan Chin mamlakati hozircha AQSh va Fransiyadan keyin “eng ko‘p reaktorga ega davlat” hisoblanadi.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati