Tailandda maymun chechagining 1b turi aniqlandi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 5
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 22-08-2024, 09:16
Tailandda maymun chechagining 1b turi bilan kasallangan ilk fuqaro qayd etildi, deb xabar berdi “The Nation” gazetasi.

Virusologlar izohlashicha, emlash va karantin tadbiri kasallik tarqalishining oldini olishga yordam bergan.

Kasalliklar nazorati va profilaktikasi departamenti ma’lumotiga ko‘ra, Afrika mamlakatidan kelgan bemorga shunday tashxis qo‘yilgan.

Tailandda 2022 yil boshidan beri 2b turdagi maymun chechagi bilan bog‘liq 827 holat kuzatilgan.

Avvalroq Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti mazkur epidemiyani ijtimoiy sog‘liqni saqlash sohasida favqulodda holat sifatida baholadi. 2024 yil qayd etilgan holatlar soni o‘tgan yilgi ko‘rsatkichdan ikki barobar oshib, 14 000 ga yetdi.

Maymun chechagi virusi yuqumli kasallik bo‘lib, og‘riqli toshma, limfa tuguni yiriklashishi va isitma bilan namoyon bo‘ladi.


Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati