Pokiston parlamenti kalamushlarga qarshi ov mushuklari boqyapti

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 5
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 22-08-2024, 09:12
Pokiston parlamenti hukumat binosida kalamush ko‘payib ketgani bois, mushuklarni ko‘paytirmoqchi, deya xabar tarqatdi “Geo News” nashri manbalarga tayanib.

– Poytaxtni rivojlantirish boshqarmasi (CDA) kalamushlarni tutish uchun ovchi mushuklar yollash haqida qaror qabul qildi, chunki kemiruvchilar parlament binosining hamma joyini egallab olgan, – deyilgan xabarda. – Ayni maqsadga byudjetdan 1,2 million rupeya – taxminan 4,3 ming dollar ajratildi.

Kalamushlar Senatning turli departamentlari va Milliy assambleya faoliyatiga jiddiy salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Masalan, zararkunandalar idoradagi ko‘plab hujjatlarni kemirib ketgan.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati