Germaniya kansleri Moldovaga tashrif buyurdi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 5
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 22-08-2024, 09:06
Moldovaga safarida Sholsga Germaniya hukumatining migrasiya kelishuvlari bo‘yicha maxsus vakili Yoaxim Shtap hamrohlik qilyapti. Germaniya kansleri ushbu tashrifi davomida Moldova rasmiylari bilan migrasiya kelishuvini tuzishni rejalashtirgan. Bu kelishuv nafaqat noqonuniy muhojirlarni Germaniyadan vataniga tezda chiqarib yuborish imkonini beradi, balki Germaniyaga malakali mutaxassislarni jalb qilishga ham yordam beradi.

Kishinyovda prezident Mayya Sandu bilan qo‘shma matbuot anjumani chog‘ida Shols Germaniya Moldovani Yevropa Ittifoqiga olib boruvchi yo‘lda "qo‘lidan kelgancha" qo‘llab-quvvatlashiga va’da berdi. Moldova 2023 yil dekabridan Yevropa Ittifoqiga a’zolikka nomzod davlat hisoblanadi.

Matbuot anjumanida Shols, shuningdek, yana bir bor Germaniya Ukrainaga kerakli yordam berish va qo‘llab-quvvatlash masalasida qat’iy pozisiyada ekanligini bildirdi.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati