«Vatanparvar» tashkiloti Germaniyaga texnikmutaxassislarni yetkazib beradi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 5
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 22-08-2024, 09:04
O‘zbekiston Respublikasi mudofaasiga ko‘maklashuvchi «Vatanparvar» tashkilotida Tashqimehnat migrasiyasi agentligi va Germaniya Federativ Respublikasi vakillari ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi.

«Vatanparvar» tashkiloti Markaziy kengashi raisi Xusan Batirov, Germaniya vakili Nils Gerdemann vaTashqi mehnat migrasiyasi agentligining boshlig‘i o‘rinbosari Ulug‘bek Turabov ishtirokida o‘tgan yig‘ilishda xorijda vaqtincha ishlash istagida bo‘lgan mamlakatimiz fuqarolarini «Vatanparvar» tashkiloti o‘quv muassasalarida haydovchilik va turli texnik xizmat ko‘rsatish mutaxassisliklariga tayyorlab, Germaniyaga yuborish masalalari muhokama qilindi.

Tadbirda Germaniyada ayni paytda «CE» toifali yuk avtotransportlari haydovchilari hamda turli texnik kasb mutaxassislariga katta ehtiyoj sezilayotganligi, shu bois«Vatanparvar» tashkilotining respublikadagi shahar vatumanlarida faoliyat yuritayotgan o‘quv muassasalarida ushbu kasblarga fuqarolarning o‘qitilib, nemis diyoriga yuborilishi eng maqbul yo‘l ekanligi e’tirof etildi. Ushbu sa’y-harakatlar, o‘z navbatida, respublikamiz bo‘ylab yuzlab fuqarolarning bandligi ta’minlanishiga hissa qo‘shishi ta’kidlandi.

Uchrashuv davomida xorijlik vakillarga tashkilotda avtomototransport haydovchilari hamda texnik xizmat ko‘rsatish mutaxassislarini tayyorlash kurslari faoliyati, tashkilotning o‘quv-metodik va moddiy-texnik negizi to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar berildi.

Ayniqsa, tadbir doirasida Germaniya tomonidan «Vatanparvar» tashkilotiga ikki dona «Evro-6» standartidagi zamonaviy «Mercedes-Benz» rusumli yuk avtomobillarining sovg‘a qilinishi hamkorlikdagi ishlarning to‘laqonli olib borilishi uchun mustahkam zamin yaratdi.

Eslatib o‘tamiz, 2023 yilning sentyabr oyida «Vatanparvar» tashkiloti Markaziy kengashi va Tashqimehnat migrasiyasi agentligi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolangan bo‘lib, ushbu memorandumning asosiy maqsadi xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish istagida bo‘lgan mamlakatimiz fuqarolarini shartnoma asosida xorijiy mehnat bozorida talab etilgan mutaxassisliklar bo‘yichao‘qitish hisoblanadi. Shuningdek, ushbu hujjatda o‘qish davomida fuqarolarda vatanparvarlik tuyg‘usini kengtarg‘ib etish va ularda vatan tuyg‘usi sifatlarini rivojlantirish belgilab qo‘yilgan.
O‘zbekiston Respublikasi mudofaasigako‘maklashuvchi
«Vatanparvar» tashkiloti Matbuot xizmati

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati