Latviyada bo‘lib o‘tgan xalqaro ko‘rgazmada o‘zbek tabiiy graniti eksporti bo‘yicha shartnomalar imzolandi
- Жанр: Yangiliklar
- Смотрели: 18
- Формат: mp4
- Дата релиза: 28-03-2024, 13:08
Unda Latviya, Litva, Estoniya, Polsha, Ukraina, Finlyandiya, Italiya, Avstriya, Daniya va boshqa davlatlardan 400 dan ortiq kompaniyalar qatnashdi.
Xalqaro ko‘rgazma ishida O‘zbekistonning "Jommarble" korxonasi tomonidan tabiiy granit toshdan tayyorlangan mahsulotlar namoyish etildi.
Korxona asoschisi Baxtiyor Raxmanovning aytishicha, bugungi kunda o‘zbek tabiiy granitidan ishlab chiqarilgan yuqori sifatli mahsulotlarga Boltiqbo‘yi mamlakatlarida qiziqish juda yuqori. Jumladan, ko‘rgazma davomida ushbu korxona rahbariyati salkam 1 million AQSh dollariga teng eksport shartnomalarini imzoladi.
Shuningdek, elchixona ko‘magida O‘zbekistondan Latviyaga boshqa turdagi qurilish mahsulotlari eksportini kengaytirish bo‘yicha ham aniq kelishuvlarga erishildi.