Maktablarda Kasbiy ta’lim ustasi lavozimi joriy etildi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 5
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 22-08-2024, 06:22
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 06.08.2024-yildagi 244-sonli buyrug‘i bilan umumta’lim muassasalari hamda “Mehribonlik” uylari boshqaruv, texnik, xizmat ko‘rsatuvchi va o‘quv-yordamchi xodimlarining namunaviy shtatlariga qo‘shimcha kiritildi.

Unga ko‘ra o‘quvchilarga kasb-hunarga o‘qitish yo‘lga qo‘yiladigan maktablarda Kasbiy ta’lim ustasi lavozimi 1,0 shtat birlikdan kiritiladi.

Bunda, o‘quvchilarga kasb-hunarga o‘qitish yo‘lga qo‘yiladigan maktablar ro‘yxati Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati