Jonson: Qanday murabbiy kelsa ham Kloppdan yaxshiroq bo‘lishiga hech qanday imkoniyat yo‘q

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 13
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 28-03-2024, 13:06
"Liverpul"ning sobiq futbolchisi Glen Jonson "qizillar" bosh murabbiyi sifatida Yurgen Klopp o‘rniga keladigan murabbiy qanday muammolarga duch kelishi haqida o‘z fikri bilan o‘rtoqlashdi.

Jonsonning fikricha, "Liverpul"ning yangi murabbiyiga germaniyalik mutaxassis belgilab bergan yuqori saviyani bajarish qiyin kechadi.

"Kim kelsa ham Yurgendan yaxshiroq bo‘lishiga hech qanday imkoniyat yo‘q. Bu odam qila oladigan eng yaxshi narsa bu Klopp bilan tenglasha oladi va buni boshlash juda qiyin", - dedi Jonson.

Eslatib o‘tamiz, Klopp 2015 yildan beri "Liverpul"ni boshqarib kelmoqda. APLning 28-turidan so‘ng "mersisaydliklar" turnir jadvalida peshqadam "Arsenal" (64) bilan bir xil ochko jamg‘argan holda ikkinchi o‘rinda bormoqda.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati