Superliga. Bunyodkorga qarshi o‘yinda Navbahor foydasiga noto‘g‘ri penalti berilgan

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 2
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 21-08-2024, 21:26
Superligada 16-turi yakuniga ko‘ra, O‘zbekiston futbol hakamlari markazi Ekspert-hakamlar komissiyasining navbatdagi yig‘ilishini o‘tkazdi va tur doirasida kuzatilgan bahsli vaziyatlar tahlil qilindi. Bu bellashuvlarda jami 10ta bahsli vaziyat yuzaga keldi.

Quyida ularning batafsil izohi va chiqarilgan yakuniy qarorlar bilan tanishishingiz mumkin:

1-vaziyat. «Metallurg» - «Neftchi» qarama-qarshiligi: bahsli qizil kartochka.

«Metallurg» - «Neftchi» uchrashuvining 90+4-daqiqasida mehmonlarning 17-raqamli futbolchisi mezbonlarning 15-raqamli a’zosining oyog‘iga butsasining tag qismi bilan jiddiy zarba berdi. Bosh hakam To‘rabek Suyunov dastlab fol qayd etdi, ammo kartochka ko‘rsatmadi. VAR hakami referini monitor yoniga chaqirgach, futbolchiga qizil kartochka ko‘rsatildi.

Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Bu vaziyatda VAR holatga to‘g‘ri aralashgan. Futbolchi raqibiga nisbatan o‘ta qo‘pol harakat qilgan. Bu kabi hollarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri qizil kartochka ko‘rsatilishi lozim. Ekspert-hakamlar komissiyasi hakamlarning qarori to‘g‘ri ekanini ma’lum qiladi.

2-vaziyat. «Olimpik» - «So‘g‘diyona» qarama-qarshiligi: bahsli penalti.
«Olimpik» - «So‘g‘diyona» uchrashuvining 90+8-daqiqasida mezbonlar qulay vaziyatga ega bo‘ldi. Darvozaga qarab ketayotgan maydon egalarining 16-raqamli futbolchisiga nisbatan qo‘pollik ishlatildi. Bosh hakam Nikita Mustafin dastlab penalti belgiladi, ammo VAR hakami uni monitor yoniga chaqirgach, referi 11 metrlik jarima zarbasini bekor qildi va qoidabuzarlik sifatida mehmonlar darvozasi tomon jarima zarbasi belgiladi.
Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Bu vaziyatda VAR holatga to‘g‘ri aralashgan. Qo‘pollik ishlatilgan vaqtda hujum qilayotgan futbolchi hali jarima maydoni ichiga kirmagan. Ekspert-hakamlar komissiyasi hakamlarning qarorini to‘g‘ri, deb topdi.
3-vaziyat. «Dinamo» - OKMK qarama-qarshiligi: bahsli penalti. «Dinamo» - OKMK uchrashuvining 16-daqiqasida mehmonlar qulay vaziyatga ega bo‘ldi. Darvozaga qarab ketayotgan maydon egalarining 99-raqamli futbolchisiga nisbatan raqib jarima maydonida qo‘pollik ishlatildi. Bosh hakam G‘ayrat Jo‘rayev penalti belgiladi, VAR ham uning qarorini ma’qulladi.
Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Bu vaziyatda himoyachi raqibiga nisbatan qo‘pol harakat qilgan. Ekspert-hakamlar komissiyasi hakamlarning qarorini to‘g‘ri, deb hisoblaydi.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati