Maymunchechak xavfi: Argentina yuk kemasini karantinga oldi

  • Жанр: Salomatlik
  • Смотрели: 11
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 21-08-2024, 20:56
Argentina hukumati ekipaj a’zolari orasida mpox virusini yuqtirgani taxmin qilingani sababli yuk kemasiga karantin joriy qildi, deya xabar beradi Azertag.

Argentina Sog‘liqni saqlash vazirligi va sanoat bo‘limiga ko‘ra, karantindagi Liberiya bayrog‘i ostidagi kema Argentinaning Santos shahridan (Braziliya) g‘alla olish uchun kelgan.

Argentina sog‘liqni saqlash idoralari ekipaj a’zolaridan birida maymun chechagi kasalligiga mos keladigan alomatlar paydo bo‘lganligi haqida xabar berdi. Kasallik tarqalishining oldini olish uchun kemadagilarni izolyasiya qilishga qaror qilindi. Ekipaj a’zolari tashxisni tasdiqlash uchun sinovdan o‘tkazildi.

Vazirlik sog‘liqni saqlash favqulodda protokoli faollashtirilganligini aytdi. Kemaga faqat tibbiyot xodimlari chiqishi mumkin, butun ekipaj esa sinov natijalari olinmaguncha karantinda bo‘lishi kerak.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati