Lobotka Barselonadan bo‘lgan qiziqish haqida gapirdi
- Жанр: Futbol yangiliklari
- Смотрели: 17
- Формат: mp4
- Дата релиза: 28-03-2024, 12:38
Slovakiyalik futbolchi "blaugrana"ning kelasi yozdagi transfer maqsadlaridan biri sanaladi. Yaqinda yarim himoyachiga qiziqish borligi haqidagi ma’lumotni "Barselona" prezidenti Joan Laporta tasdiqlagan, avvalroq esa 29 yoshli futbolchini kataloniyaliklar bosh murabbiyi Xavi Ernandes yuqori baholagandi.
"Barselona"? Hozir bor e’tiborimni “Napoli”ga qaratganman, bizni juda muhim uchrashuvlar kutib turibdi. Lekin, albatta, bolaligimda kumirim bo‘lgan Xavi o‘ynimni maqtashi juda yoqimli. Bu menga o‘z ustimda ishlash uchun qo‘shimcha kuch beradi. Keling, yozda nima bo‘lishini ko‘ramiz", - dedi Lobotka.