FVV ogohlantiradi: kuchli shamol vaqtida quyidagi xavfsizlik choralarini ko‘ring

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 18
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 28-03-2024, 12:34
Favqulodda vaziyatlar vazirligi ayni paytda mamlakatimiz hududlarida kuzatilayotgan kuchli shamol paytida quyidagi ehtiyot choralariga rioya qilishimiz kerakligini eslatmoqda:

????yashash joylarida eshik-derazalar, chordoq va havo aylanish tizimlarini mahkam berkiting;

????elektr va gaz vositalarini o‘chiring;

????ko‘chalarda daraxt va elektr ustunlari tagida turmang;

????ko‘p qavatli binolar balkonlari, deraza tokchalarida turgan hamda tashqaridagi buyumlarni imkon qadar xavfsiz joylarga olib qo‘ying yoki mustahkamligini tekshiring;

????shamol kuchayganda, mustahkam qurilgan binolar, yer osti o‘tish yo‘llari va yashirinish mumkin bo‘lgan boshqa joylarda muhofazalaning;
????ochiq maydonda yurgan paytingizda pastliklar, chuqurliklar hamda xavfsiz bo‘lgan boshqa barcha yerlarga yotgan holda himoyalaning;
????buzilgan binolarga kirmang, xavfli ustunlar, reklama ustunlari va daraxtlar ortiga yashirinmang;
????kuchli shamoldan so‘ng elektr hamda gaz jihozlaridan foydalanmoqchi bo‘lsangiz, ularni avvalo yaxshilab tekshiring.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati