• Главная
  • »
  • Salomatlik
  • »
  • Mutaxassis: Oshqozon osti bezi yallig‘lanishini o‘z vaqtida davolamaslik saxarga sabab bo‘lishi mumkin

Mutaxassis: Oshqozon osti bezi yallig‘lanishini o‘z vaqtida davolamaslik saxarga sabab bo‘lishi mumkin

  • Жанр: Salomatlik
  • Смотрели: 5
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 21-08-2024, 17:50
Sog‘lom turmush tarziga rioya qilmaslik va notoo‘g‘ri ovqatlanish tufayli bugun dunyo aholisi orasida ovqat hazm qilish tizimi bilan bog‘liq xastaliklar ko‘p uchramoqda. Ayniqsa, ular orasida oshqozon osti bezining o‘tkir yoki surunkali yallig‘lanishi, ya’ni pankreatit yetakchi o‘rinni egallaydi.

— Oshqozon osti bezi ovqat hazm qilish jarayonida faol ishtirok etib, o‘zidan ichakdagi oqsillar, yog‘lar va murakkab uglevodlarni parchalaydigan 30 dan ziyod turli fermentlar ajratadi, — deydi tibbiyot fanlari doktori Feruza Xamrabayeva. — Uning yana bir vazifasi organizmdagi glyukozani saqlash va uni tartibga solish uchun insulin gormonini ishlab chiqarishdan iborat.

Pankreatik suyuqlik o‘n ikki barmoqli ichakka so‘rilib, to‘qimalarni zararlamaslik uchun dastlab faol bo‘lmagan shaklda ishlab chiqariladi. Keyinchalik safro bilan o‘zaro aloqaga kirishib, faol bo‘lmagan tur — me’da osti bezi suyuqligiga o‘tadi. Agar safro pankreatik oqimga o‘tsa, bu oshqozon osti bezining shikastlanishiga, turli xil kasalliklarning rivojlanishiga olib keladi.

Pankreatit oshqozon osti bezining yallig‘lanishi bo‘lib, ushbu a’zoning disfunksiyasi tufayli ovqat hazm qilish fermentlari muddatidan oldin faollashganda va organ to‘qimalariga zarar yetkazganda rivojlanadi.

Kasallikning o‘tkir shaklida to‘qimalarning “o‘zini o‘zi hazm qilish” mexanizmi ishga tushadi. Surunkali yallig‘lanish oqibatida hazm qiluvchi fermentlar yetishmovchiligi yuzaga keladi. Fermentlar o‘rnini oshqozon osti bezi hujayralarining egallashi esa uning tashqi sekretor funksiyasini buzish bilan birga, gormonlar ishlab chiqish vazifasini ham o‘zgartirib yuboradi.

Xastalikning kelib chiqishiga ko‘pincha noto‘g‘ri ovqatlanish sabab bo‘ladi. Shuningdek, o‘t qopi va o‘t yo‘llari hamda o‘n ikki barmoqli ichak kasalliklari, bez yo‘llarining toshlar yoki o‘smalar bilan berkilib qolishi, genetik moyillik, gormonal o‘zgarishlar, ba’zi dorilarni qabul qilish, spirtli ichimliklar, stress va infeksion kasalliklarning bir qancha turlari ham asosiy omillar hisoblanadi.
40 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan insonlar xavf guruhida bo‘lishadi. Agar xastalik yosh bolada aniqlansa, bu tug‘ma nuqson sifatida tasniflanadi.
Pankreatitga chalingan insonda ko‘ngil aynishi, qayt qilish, o‘ng qovurg‘a va qorinning pastki qismida og‘riq, tana haroratining ko‘tarilishi, diareya va teri sarg‘ayishi kuzatiladi. Qorin devori va ko‘richak tarafdagi qorinning o‘ng tomonida o‘tkir og‘riq, vazn yo‘qotish, yelka kuragi yoki ko‘krak orqasiga tarqaladigan og‘riq, qorin dam bo‘lishi, umumiy zaiflik, bosh aylanishi ham kasallik belgilaridir.
Agar xastalik o‘z vaqtida davolanmasa, qandli diabetga sabab bo‘lishi, shuningdek kasallik o‘tkir, keyin esa surunkali shaklga o‘tib ketishi mumkin.
Shu bois kasallikning dastlabki belgilari kuzatilganda, darhol shifokorga murojaat qilish lozim.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati