Barselona o‘z tarbiyalanuvchisini qaytarish uchun 60 million yevro sarflashi kerak

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 17
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 28-03-2024, 12:30
Ispaniya terma jamoasi yarim himoyachisi, hozirda Germaniyaning “RB Leypsig” klubida to‘p tepayotgan Dani Olmo vataniga qaytishi mumkin.

Futbolchining xizmatlariga "Barselona" prezidenti Joan Laporta shaxsan qiziqmoqda. "Blaugrana" yarim himoyachini yozgi transfer oynasida qo‘lga kiritishga harakat qiladi. Oldinroq Olmoni nemis klubidan 60 million yevroga sotib olish mumkinligi haqida xabarlar tarqalgandi. Futbolchining "buqalar" bilan shartnomasi 2027 yilning o‘rtalariga qadar tuzilgan.

Germaniya chempionatining joriy mavsumida yarim himoyachi 15 ta uchrashuvda ishtirok etgan. Olmo uchta gol va to‘rtta golli uzatmani amalga oshirdi.

Eslatib o‘tamiz, Dani aynan "Barselona" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati