“Niqob qutqarmaydi”: JSST maymunchechak qanday yuqishini ma’lum qildi
- Жанр: Yangiliklar
- Смотрели: 4
- Формат: mp4
- Дата релиза: 21-08-2024, 14:26
Klyuge maymunchechak koronavirus kabi xavf tug‘dirmasligini va rasmiylarning ushbu kasallik tarqalishiga qarshi harakatlari butun dunyo uchun kuch sinovi bo‘lishini ta’kidladi.
Maymunchechak havo-tomchi yo‘li bilan ham tarqalishi mumkin. Virus bilan zararlangan buyumlar, masalan, sochiq yoki choyshablar ham sog‘lom insonga xavf tug‘diradi.
JSST vakili maymunchechak koronavirus kabi xavfli emasligini ta’kidlaydi. Bugungi kunda Yevropada har oy taxminan 100 ta yangi kasallanish holatlari kuzatilmoqda. Shunga qaramay Yevropa Ittifoqida maymunchechak tarqalish xavfining oldini olish yoki virusga qarshi emlashni boshlash uchun chegara nazoratini joriy etishni istisno etishgan. Ayni paytda, Yevropa mintaqasida har oyda 100 ga yaqin yangi maymunchechak kasalligi qayd etilmoqda.
Avvalroq Rospotrebnadzor rahbari Anna Popova Rossiyada ushbu virusning tarqalishi xavfi yo‘qligini, chunki uning an’anaviy qadriyatlari kuchli ekanini aytgan edi.
Ayni paytda, Kongo Demokratik Respublikasida va Afrikaning boshqa ba’zi mamlakatlarida ko‘plab maymunchechak infeksiyalari kuzatilmoqda.