• Главная
  • »
  • Yangiliklar
  • »
  • Surxondaryodagi bog‘chada ichimlik suvi yo‘qligi va xatto daraxtlar ham qurib qolgani aytildi

Surxondaryodagi bog‘chada ichimlik suvi yo‘qligi va xatto daraxtlar ham qurib qolgani aytildi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 4
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 21-08-2024, 13:36
Bolalar ombudsmaniga Surxondaryo viloyatida yashovchi A.N. (erkak) ning murojaati kelib tushdi.

???? Murojaatida A.N. voyaga yetmagan farzandi Qumqo‘rg‘on tumanida joylashgan maktabgacha ta’lim muassasasiga qatnashini, bog‘cha binosi yaqinda qurilgan bo‘lsada, ichimlik suvi bilan ta’minlanmaganligi, binoda sovutish tizimlari yo‘qligi, yoz kunlarida xonalar haddan ziyod issiqligi, bu esa bolalar sog‘lig‘i uchun xavfli ekanligi, shuningdek, muassasa hovlisidagi barcha daraxtlar ham sug‘orishsiz qurib qolganini bildirgan.

Bolalar ombudsmani so‘rovi asosida mazkur holat Surxondaryo viloyati prokuraturasi tomonidan o‘rganildi❕

???? O‘rganish davomida murojaatdagi holat tasdig‘ini topib, maktabgacha ta’lim tashkiloti xonalariga 4 dona sovutgich texnikasi o‘rnatildi.

????Shuningdek, bog‘chada ichimlik suvi saqlanadigan 4 tonna sig‘imidagi maxsus inshoot toza ichimlik suvi bilan to‘ldirilishi ta’minlandi.

☑️ Shu bilan birga, muassasa joylashgan hududda obodonlashtirish ishlarini olib borish va daraxtlarni sug‘orish uchun suv mavjud emasligi sababli daraxtlar maxsus texnika orqali olib kelinadigan suv bilan sug‘orilishi ma’lum bo‘ldi.
???? Hozirda hududiy budjetdan 2024 yil xarajatlar smetasiga mazkur davlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga mablag‘ ajratilishi va 980 metr uzoqlikdan toza ichimlik suvi quvuri tortilib, bog‘cha toza ichimlik suvi bilan ta’minlanishi rejalashtirilgan, buning ijrosi ustidan viloyat prokuraturasi nazorat olib boradi. Bolalar ombudsmani bu borada o‘z kuzatuvini davom ettiradi.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati