Buzoqchaning yugurgani ...

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 4
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 21-08-2024, 13:10
—— Namangan viloyatida yashovchi ayol R.N. IIOga murojaat qilib, bank kartasidan 5.640.000 so‘m miqdoridagi pul mablag‘lari noma’lum shaxs tomonidan o‘zlashtirilganligini ma’lum qilgan.

Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik bo‘linmalari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Surxondaryo viloyatida yashovchi O.X. sodir etganligi aniqlangan.

Gumonlanuvchi sifatida tergov harakatlariga jalb etilgan, O.X., jabrlanuvchi ayol R.N.ga telegram messenjeridagi kanal orqali yozib, u "Damas" avtomashinasini yutib olganligini ma’lum qilib, xarajatlar uchun deb uni aldab, jami 5.640.000 so‘m miqdoridagi pullarni o‘zining foydalanuvida bo‘lgan bank kartasiga o‘tkazib olgan va yozishmalarni o‘chirib yuborib, uning qo‘ng‘iroqlariga javob bermay, qora ro‘yxatga kirgazib qo‘ygan. ——— Mazkur holat yuzasidan X.S.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati