Toshkent shahrining to‘rt tumanida gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 5
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 21-08-2024, 10:36
Toshkentning to‘rt tumanida gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi, o‘ng mingdan ortiq xonadon gazsiz qoladi. Bu haqda “Hududgaz Poytaxt” GTF xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, ta’mirlash ishlari tufayli Olmazor, Shayxontohur, Mirobod va Yashnobod tumanlarining quyidagi hududlariga 21 avgust kuni tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi.

Aholi iste’molchilari soni: “Orzu”, “Quyosh” va “Chustiy” MFYlaridagi 40 ta ko‘p qavatli uydagi 4604 ta xonadon;

Ulgurji iste’molchilar soni: 35 ta.

Aholi iste’molchilari soni: Huvaydo, S-27 va S-26 dahalaridagi 60 ta yerli xonadon va 66 ta ko‘p qavatli uydagi 2588 ta xonadon;

Ulgurji iste’molchilar soni: 38 ta.
Aholi iste’molchilari soni: “Beltepa” MFYdagi 582 ta yerli xonadon va ko‘p qavatli uylardagi 487 ta xonadon; “Ipakchi” MFYdagi 1103 ta yerli xonadon va ko‘p qavatli uylardagi 447 ta xonadon; “Katta Jarariq” MFYdagi 1032 ta yerli xonadon va ko‘p qavatli uylardagi 346 ta xonadon; “O‘zbekiston” MFYdagi 1171 ta yerli xonadon va ko‘p qavatli uydagi 19 ta xonadon; “Eski Jarariq” MFYdagi ko‘p qavatli uylardagi 662 ta xonadon; “Yangi Jarariq” MFYdagi 454 ta yerli xonadon va ko‘p qavatli uylardagi 434 ta xonadon;
Ulgurji iste’molchilar soni: 176 ta.
Aholi iste’molchilari soni: “Chinor” MFYdagi ko‘p qavatli uylardagi 660 ta xonadon;
Ulgurji iste’molchilar soni: 20 ta

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati