AQSh Rossiya, Xitoy va Shimoliy Koreyadan ehtimoliy yadroviy tahdidga tayyorlanmoqda

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 3
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 21-08-2024, 07:42
AQSh Rossiya, Xitoy va Shimoliy Koreyadan ehtimoliy yadroviy tahdidga tayyorlanmoqda. Bu haqda The New York Times xabar berdi.

Nashrning yozishicha, prezident Jo Bayden mart oyida mamlakat yadro strategiyasiga maxfiy o‘zgarishlarni ma’qullagan. Yangi doktrina nafaqat Rossiyadan, balki Xitoy va KXDR tomonidan ehtimoliy tahdidlarga tayyor turishni nazarda tutadi. Bunga Pekin va Pxenyanning so‘nggi yillarda yadro arsenallari soni ortgani sabab bo‘lmoqda.

Hujjatlar shu qadar maxfiyki, ular faqat qog‘oz ko‘rinishida va Pentagonning bir nechta harbiy rahbarlariga juda cheklangan miqdorda taqdim etilgan. Gazeta ma’lumot manbasini ko‘rsatmadi, biroq Bayden vakolat muddati tugagach (2025 yil 20 yanvargacha) yadro strategiyasi o‘zgarishi haqida Kongressni xabardor qilishini qo‘shimcha qiladi.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati