Xelsinki: Rossiya Finlyandiya xavfsizligiga tahdid solmoqda

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 15
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 28-03-2024, 12:10
???????????????? Xelsinki: Rossiya Finlyandiya xavfsizligiga tahdid solmoqda



Finlyandiya huquq-tartibot idoralari vakillariga ko‘ra, Rossiya razvedka xizmatlarining faoliyati mamlakat xavfsizligiga jiddiy tahdid solmoqda. Finlyandiya xavfsizlik polisiyasi bayonotida aytilishicha, Rossiya uchun uning qo‘shnilari "josuslik faoliyati va zararli ta’sir nishoni" hisoblanadi.



"Finlyandiya 2023 yilda kontrrazvedka, razvedka xodimlarini chiqarib yuborish va qattiq viza siyosati orqali rus razvedkachilarining faollligini muvaffaq bo‘ldi. Ammo Moskvaning razvedka operasiyalari hamon xavf tug‘dirmoqda. Ular Rossiya Federasiyasida sayohat qilayotgan yoki yashovchi Finlyandiya fuqarolariga qarshi qaratilgan bo‘lishi mumkin. Kiber muhit ham xavf ostida", deyiladi boyonotda.


Rossiya bilan 1340 kilometrlik chegaraga ega Finlyandiya, Moskva tomonidan "gibrid hujum" sifatida ko‘rilgan relokantlar oqimini to‘xtatish uchun noyabr oyida barcha chegara punktlarini yopgan edi. Chegara kamida 14 aprelgacha yopiq bo‘lishi e’lon qilingan.

???? @burchakostida

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati