PSJ Kilian Mbappe tufayli yevrokuboklardan chetlatilishi mumkin

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 4
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 21-08-2024, 07:30
Kilian Mbappe "PSJ"dan shartnoma bo‘yicha oxirgi uch oylik maoshi — 55 mln yevroni to‘lashni talab qilmoqda.

"Le Monde"ning xabariga ko‘ra, shu yoz PSJdan "Real"ga o‘tgan forvard Parij klubidan soliqlar bilan qo‘shib hisoblaganda 55 mln yevro talab qilmoqda. Bu summaga shartnoma imzolagani uchun bonus (36 mln yevro) hamda futbolchining klubdagi oxirgi 3 oylik maoshi kiradi.

Ma’lum bo‘lishicha, Mbappe Professional futbol ligasi (LFP)ning yuridik komissiyasiga murojaat qilgan hamda Fransiya futbol Federasiyasi vositachiligi asosida UYEFAga shikoyat qilgan.

Agarda PSJga nisbatan qo‘yilayotgan ayblar asosli deb topilsa, klub sanksiyalarga duch kelishi mumkin. Jumladan, transferlarga cheklov va UYEFA lisenziyasidan mahrum bo‘lishgacha. Sababi lisenziya berilishining asosiy shartlaridan biri klubda qarzdorlik bo‘lmasligi hisoblanadi.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati