Shols Germaniya hukumatining Ukrainaga yordamni qisqartirish qarorini himoya qildi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 3
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 20-08-2024, 23:56
Germaniya kansleri G7 mamlakatlari Kiyevga G‘arbda muzlatib qo‘yilgan Rossiya aktivlari garovi ostida 50 milliard dollar miqdorida kredit ajratishga rozi bo‘lganiga e’tibor qaratdi.

"Hozirda yakuniy texnik tafsilotlar ishlab chiqilmoqda. Umid qilamizki, bu jarayonni juda qisqa vaqt ichida yakunlaymiz", — deya ta’kidladi Shols.

Avvalroq 2025 yil uchun Germaniya budjetida Kiyevga yordam berish uchun 4 milliard yevro ajratish rejalashtirilgani ma’lum bo‘lgan edi. Bu joriy yildagidan ikki barobar ko‘p miqdor hisoboanadi. 2026 yildan boshlab esa Germaniya hukumati davlat xarajatlarining ushbu bandini butunlay olib tashlamoqchi. Berlin bunga budjet taqchilligi tahdidi va Ukrainani qo‘llab-quvvatlash uchun budjet mablag‘larini sarflashni to‘xtatishni talab qiluvchi o‘ng va so‘l populist kuchlarning ortib borayotgan mavqeyini sabab sifatida ko‘rsatmoqda.

Hukmron koalisiya kelajakda Rossiyaning muzlatilgan aktivlaridan keladigan daromad orqali Ukrainaga yordam berishni rejalashtirmoqda.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati