BMW AQShda 720 mingdan ortiq avtomobilini chaqirib oladi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 3
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 20-08-2024, 23:46
BMW kompaniyasining Shimoliy Amerikadagi bo‘linmasi — LLC BMW of North America, LLC qisqa tutashuv xavfi sabab AQShdagi 720 mingdan ortiq avtomobilini chaqirib oladi. Bu haqda Yo‘llarda xavfsiz harakatni ta’minlash milliy boshqarmasi (NHTSA) press-relizida so‘z boradi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, chaqirib olinadigan avtomobillar 2012-2017 yillar oralig‘ida ishlab chiqarilgan bo‘lib, ular orasiga BMW X1 xDrive28i, Gran Turismo, X3 sDrive28i va X4 xDrive28i modellari kiradi.

Qayd etilishicha, avtomobillar suv nasosi bilan jihozlangan bo‘lib, ular to‘g‘ri zichlanmagan bo‘lsa suyuqlik elektr ulagichiga oqib chiqishi, bu esa qisqa tutashuvga olib kelishi mumkin.

Mart oyida ularga Janubiy Koreyaning Yer, infratuzilma va transport vazirligi BMW kompaniyasiga mazkur nuqsonga bog‘liq «yonilg‘i mojarosi» bo‘yicha murojaat qilgan. Shuningdek, yanvar oyida AQShda ham shu kabi bir holat qayd etilgan.

NHTSA’ning ma’lum qilishicha, BMW AQShdagi mijozlardan nuqson bilan bog‘liq 18 ta shikoyat kelib tushganidan xabardor, ammo avtomobil ishlab chiqaruvchiga avariyalar yoki jarohatlar borasida biror bir ma’lumot kelib tushmagan.

BMW kompaniyasi 4 oktyabrdan boshlab chaqirib olinadigan avtomobil egalariga xabarnomalar yuborilishini, dilerlar esa zarurat tug‘ilganida suv nasosini bepul tekshirib, almashtirib berishini bildirdi.


Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati