Tojikistonda KXSHT harbiy mashg‘ulotlari o‘tkaziladi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 3
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 20-08-2024, 23:38

Kollektiv Xavfsizlik Shartnomasi Tashkiloti (KXSHT) yaqin haftalarda Markaziy Osiyoda, jumladan, Tojikistonda mintaqada barqarorlikni himoya qilish maqsadida bir qator mashg‘ulotlar o‘tkazadi. Bu haqda Rossiya TIV MDH mamlakatlari birinchi departamenti direktori Mikael Agasandyan ma’lum qildi, deb yozadi «RIA Novosti».

«Kelgusi haftalarda Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston hududida Tashkilot Kollektiv kuchlarining turli tarkibiy qismlari ishtirokida Markaziy Osiyo mintaqasida barqarorlikni, jamoaviy xavfsizlikni himoya qilish bo‘yicha qo‘shma harakatlarni amalga oshirishga qaratilgan bir qator o‘quv mashg‘ulotlari rejalashtirilgan. Afg‘onistondagi vaziyatni hisobga olgan holda», — dedi Agasandyan.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati