Ozarbayjon BRIKSga a’zo bo‘lish uchun ariza berdi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 5
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 20-08-2024, 23:34
Boku BRIKSga a’zo bo‘lish uchun rasmiy ariza topshirdi. Bu haqda Ozarbayjon TIV matbuot kotibi Ayxan Hajizoda ma’lum qildi.

3 iyul kuni Ostona shahrida bo‘lib o‘tgan Shanxay hamkorlik tashkiloti sammiti doirasida Ozarbayjon va Xitoy o‘rtasida strategik sheriklik o‘rnatish to‘g‘risida Qo‘shma deklarasiya qabul qilingan edi. Hujjatga ko‘ra, Boku BRIKSga a’zo bo‘lish istagini bildirgan va Pekin Ozarbayjonning BRIKS hamkorligidagi ishtirokini olqishlagan.

BRIKSga hozirda 10 ta davlat kiradi: Braziliya, Rossiya, Hindiston, Xitoy, Janubiy Afrika, Eron, Saudiya Arabistoni, BAA, Misr va Efiopiya.

Ma’lum bo‘lishicha, bugungi kunda dunyoning 20 dan ortiq davlati BRIKSga qo‘shilish uchun ariza topshirgan.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati