Kuchli shamol sababli Toshkent viloyatida 12 550 ta iste’molchi svetsiz qoldi.

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 17
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 28-03-2024, 12:02
Qattiq shamol natijasida Toshkent shahrida 110 kVli «L-K-D» elektr uzatish tarmog‘i 60 MVt quvvat bilan avariyaviy o‘chgan.

Buning natijasida Toshkent viloyatining Piskent, Quyi Chirchiq va O‘rta Chirchiq tumanlarida istiqomat qiluvchi 12 ming 550 ta iste’molchi, shuningdek, kichik ishlab chiqarish sanoat korxonalari elektr ta’minotidan uzilgan.

Hozirgi vaqtda iste’molchilarni boshqa manbalardan ta’minlash choralari ko‘rilyapti.

Soat 10:20 da Toshkent shahri, Chilonzor tumani, 19-kvartal, Xirmontepa mahallasida diametri 50 mm bo‘lgan past bosimli gaz quvuri katta daraxt shamol oqibatida ildizidan qo‘porilib tushgani bois uzilgan. Natijada ushbu hududdagi 16 ta ko‘p qavatli uyning 768 ta xonadoni tabiiy gazdan vaqtincha uzilgan.

Ayni paytda noqulay ob-havo (qattiq shamol va yomg‘ir) sharoitiga qaramasdan, maxsus brigadalar tomonidan ushbu nosozliklar bartaraf etilmoqda.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati