«PSJ» Mbappedan qarzdorlik sabab yevrokuboklardan chetlashtirilishi mumkin

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 4
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 20-08-2024, 22:36
«PSJ» Kilian Mbappe oldidagi qarzi tufayli yevrokuboklardan chetlashtirilishi mumkin.

Le Monde`ning xabar berishicha, shu yozda «PSJ»dan «Real»ga o‘tgan hujumchi Parij klubidan 55 mln yevro talab qilmoqda. Bu qiymat ichiga 36 mln yevrolik bonusning bir qismi va futbolchining klubdagi oxirgi 3 oylik maoshi kiradi.

Ta’kidlanishicha, Mbappe Professional futbol ligasi (LFP) yuridik komissiyasiga murojaat qilgan, shuningdek, Fransiya futbol federasiyasi vositachiligida UEFAga shikoyat yo‘llagan.

Agar «PSJ»ga qo‘yilgan ayblovlar asosli deb topilsa, klubga jazo sanksiyalari qo‘llanilishi mumkin — jumladan, transfer taqiqi va UYEFAning yevrokubok turnirlarida ishtirok etish uchun lisenziyani bekor qilish.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati