Xitoy banklariga Rossiya pullari kerak emasmi?

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 3
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 20-08-2024, 22:14

Xitoyning ayrim banklari xitoylik kontragentlar rossiyalik importerlarga yetkazib bergan tovarlar uchun to‘lovlarni qaytarishni boshladi, deb yozadi «Vedomosti» bunday vaziyatga duch kelgan to‘rt nafar tadbirkorga tayanib.

Uch nafar rossiyalik importer gazetaga Xitoy banklariga yuan bo‘yicha to‘lovlarni qaytarish haqida gapirib berdi. Ularning so‘zlariga ko‘ra, bu tovarlar allaqachon bojxonadan o‘tkazib, qabul qilinganidan keyin sodir bo‘lgan. Yana bir gazeta manbasining aytishicha, yaqinda xitoylik yetkazib beruvchi uni bankdan tovarlar uchun to‘lovni ololmasligi haqida xabardor qilgan. Biroq yetkazib beruvchi sababni aniqlamadi va pulni qaytarib yuborishga qaror qildi.

Ayrim tadbirkorlarning aytishicha, bunday holatlar keng tarqalmoqda. Xitoy va Rossiya banklari o‘rtasidagi to‘lovlar va hisob-kitoblar bilan bog‘liq muammolar 2023 yil oxirida AQShning ikkilamchi sanksiyalari tahdidi fonida boshlangan.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati